Mavritaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qildi
Mavritaniya koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qilgan birinchi davlat bo‘ldi.

Foto: IRNA
Ushbu mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, oxirgi kunlarda koronavirusdan biror odam vafot etmagan va birorta kasallanish holati qayd qilinmagan. Bu haqda Le Calame nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatda epidemiya vaqtida bor-yo‘g‘i 17 kishi virusga chalingan va bir kishi undan vafot etgan.
Mavritaniyada 13 mart kuni ilk kasallanish holati qayd etilgandan keyin chegaralar, maktablar, restoranlar va bozorlar yopilgan, odamlar to‘planishi taqiqlangan. Hukumat tungi komendantlik soati e'lon qilgan va shaharlararo tashuvlarni taqiqlagan.
Mavzuga oid

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021
JSST Yevro-2020 sababli Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi muqarrarligini aytdi

18:24 / 02.07.2021