Nikoh va ajrimlar soni ko‘p bo‘lgan hududlar ochiqlandi

O‘zbekiston 13:09 / 27.04.2020 71673

Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng yuqori nikoh koeffitsiyenti Xorazm (10,8 promille), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7,8 promille) Buxoro (6,9 promille) Surxondaryo (6,6 promille) viloyatlarida kuzatildi.

Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikoh tuzish koeffitsiyenti Jizzax (4,5 promille), Navoiy (4,7 promille) Namangan (4,7 promille) Qashqadaryo (5,1 promille) viloyatlarida kuzatildi.

2020 yilning yanvar-mart oylarida FHDYo organlari tomonidan 7,8 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 0,9 promilleni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng yuqori nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Toshkent shahri (1,0 promille), Andijon (0,9 promille) Samarqand (0,8 promille) Toshkent (0,8 promille) viloyatlarida kuzatildi.

Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,3 promille), Jizzax (0,3 promille), Navoiy (0,3 promille) va Sirdaryo (0,3 promille) viloyatlarida kuzatildi.

Ko‘proq yangiliklar: