2019 yilning eng serdaromad filmlari ma'lum qilindi 

Light 20:51 / 26.04.2020 42168

Ro‘yxatda qolgan filmlardan ancha farq bilan “Qasoskorlar: Final” (Avengers: Endgame) filmi yetakchilik qilmoqda. Film o‘z ijodkorlariga 890 mln dollar sof daromad keltirgan. 

Reytingni tuzishda ishlab chiqarish xarajatlari, aktyorlar gonorarlari, reklama xarajatlari va boshqa omillar hisobga olingan.

2-o‘rinni “Muzyurak” (Frozen 2) filmining sikveli 600 mln dollarlik daromad bilan egallagan.

Yetakchi uchlikdan “Qirol sher” (The Lion King) multfilmining rimeyki ham o‘rin olgan. Disney kinostudiyasi blokbasteri 580 mln dollar sof foyda keltirgan.

Keyingi o‘rinlarni “Joker” (Joker), “Kapitan Marvel” (Captain Marvel), “O‘yinchoqlar tarixi 4” (Toy Story 4), “Oloviddin” (Aladdin), “O‘rgimchak-odam: Uydan olisda” (Spider-Man: Far From Home), “Yulduzli janglar: Skayuoker” (Star Wars: The Rise of Skywalker) , “Jumanji: Keyingi bosqich” (Jumanji: The Next Level), “U 2” (It Chapter Two) va “Ajdarhoni qo‘lga o‘rgatish 3” (How to Train Your Dragon: The Hidden World) filmlari egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: