Joriy yilning 23 aprel kuni soat 16:30larda, Navoiy viloyati, Konimex tumani hududidan o‘tgan A-379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1996 y.t. H.I. “Neksiya-3” rusumli transport vositasini “Navoiy-Zarafshon” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, 145-km.ga kelgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ag‘darilib, YTH sodir bo‘lgan.
Natijada, “Neksiya-3” rusumli transport vositasi haydovchisi H.I. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro H.I. joriy yilning 24 aprel kuni soat 11:00larda jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.