Yangi avtomobil sotib olish yoqimli, ammo juda murakkab jarayon, ayniqsa karantin davrida. Hozirgi kunga kelib,xaridorni mumkin bo‘lgan xavf-xatarlardan himoya qiladigan va oldinlari salonga tashrif buyurishni talab qiladigan barcha operatsiyalarni- avtomobil tanlash, shartnoma tuzish, to‘lovni amalga oshirish va hokazolarni internet orqali bajarishga imkon beruvchi yechim paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, endi xaridorda ofisdan chiqmasdan turib mashinaga ega bo‘lish imkoni mavjud.
"Uzcard" "Plum Technologies" MChJ (Uzcardtrade.uz) bilan birgalikda "O‘zavtosanoat" va ATB "Kapitalbank" hamkorligida uzcardtrade.uz savdo maydonchasi orqali yuridik shaxslarga avtomobil sotish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi. Bu yerda avtomobilni sotib olish bo‘yicha barcha operatsiyalar to‘liq masofadan turib amalga oshiriladi. Sotuvga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Equinox, Traiblazer, Tracer, Nexia-3, Malibu 2 va Lacetti kabi avtomobillari qo‘yilgan.
Endi xaridorlarga navbatda turish va avtomobillari chiqishini kutishning hojati yo‘q, chunki "uzcardtrade.uz"da rasmiylashtirish va sotib olish bir necha daqiqa vaqtingizni oladi, bundan tashqari ushbu platforma xavfsiz va foydali, chunki elektron maydoncha ochiq va shaffof savdo platformasi hisoblanadi, shuningdek, u ishtirokchilarni keraksiz aloqa vositalaridan xalos qiladi.
Bundan tashqari “uzcardtrade.uz”da ishtirok etish qog‘ozli axborot vositalaridan foydalanish ehtiyojini yo‘qqa chiqaradi, shuningdek ishtirokchilarning elektron raqamli imzosi (ERI) yordamida rasmiylashtiriladi. Shartnomaga qo‘shimcha ravishda barcha boshqa hujjatlar, shu jumladan ishonchnomalar, hisobvaraq-fakturalar va cheklar elektron ko‘rinishda ERI orqali rasmiylashtiriladi, bu esa o‘z navbatida kog‘ozli axborot vositalari orqali hujjatlarni rasmiylashtirish davomida va ushbu hujjatlarni hamkorlarga yetkazish uchun sarf etiladigan ishtirokchilarning qimmatli vaqtini tejashga yordam beradi
Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov korporativ karta orqali amalga oshiriladi, shu o‘rinda "Uzcard" korporativ kartasidan foydalanuvchi yuridik shaxs 24/7 rejimida to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin, bu esa boshqa pul o‘tkazmalariga nisbatan sezilarli ustunlikdir.
Shuningdek, xizmat avtomobillarni hatto dilerlik markazining ish vaqtidan tashqari soatlarda ham sotishi mumkin, shu sababli xaridor avtomobilni tanlash va rasmiylashtirish ishlarini u uchun qulay bo‘lgan istalgan paytda amalga oshirishi mumkin! Karantin kunlarida avtomobilga buyurtma berishning yoqimli bonusi bu uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyga yetkazib berilishi bo‘ladi!
UZCARDTRADE.UZ - bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 avgustdagi 249-sonli "Elektron yarmarkalar, kim oshdi savdolari va musobaqalari tashkilotchilari – axborot vositachilarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida" gi qarorining talablariga muvofiq ishlab chiqilgan savdo platformasi.
Elektron yarmarka barcha tadbirkorlik sub'yektlari uchun yaratilgan, shuning uchun xaridlarni amalga oshirish jarayoni juda soddalashtirilgan va barcha savdo ishtirokchilari uchun bepul.
Avtomobil sotib olish imkoniyatidan tashqari yuridik shaxslarga biznes uchun bir qator tovarlar va xizmatlar taqdim etiladi.
Bu yerda xaridor bir necha daqiqada mahsulot yoki xizmatni yetkazib beruvchini topish imkoniyatiga ega bo‘ladi va shu bilan o‘z vaqtini sezilarli darajada tejaydi, shuningdek yetkazib beruvchilarning raqobati tufayli mahsulot uchun eng yaxshi narxni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yetkazib beruvchi yangi mijozlarni topish va o‘z mahsulotlarini reklama qilish uchun mablag‘ini tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Elektron xaridlar ishtirokchilarining ijro intizomini oshirish maqsadida tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilishini kafolatlaydigan mexanizm joriy etildi. Ya'ni, elektron platformada shartnoma tuzilgandan so‘ng, sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori xaridorning korporativ kartasida bloklanadi va sotuvchiga faqat to‘liq yetkazib berilgandan va tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan barcha majburiyatlar bajarilgandan so‘ng beriladi.
Reklama huquqi asosida