Avtomobillar importi 130 mln dollardan oshdi

O‘zbekiston 07:19 / 23.04.2020 27025

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 130,4 million dollarlik avtomobillar import qilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘zgarish sur'ati 22,6 foizni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, yanvar-mart oylarida 496,8 mln dollarga aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalar sotib olindi.

Avtomobillarning ehtiyot qismlariga 239,9 mln dollar sarflandi. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallari 299,3 mln dollarga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin avtomobillar importi 300 mln dollardan oshgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: