Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi
Murodjon Ochilov Gurlan tumani hokimi etib tayinlandi

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Bugun Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 2018 yildan "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Murodjon Azamatovich Achilov Gurlan tumani hokimi etib tayinlandi.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi Sherzod Qudbiyev, viloyat hokimi Farhod Ermanov qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Alisher Salayev yangi tashkil etilgan Tuproqqal’a tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid

13:51 / 26.09.2024
Xorazmda ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

16:06 / 08.08.2024
Xorazm viloyatining ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

15:35 / 14.08.2023
Onasi xorijda vafot etgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

10:38 / 25.10.2022