Poytaxtning barcha mahallalarida qulupnay savdosini tashkil qilishga ruxsat berildi
Qulupnay olib kiruvchilar va ularning transport vositalariga sharoit yaratiladi

Toshkent shahrining barcha mahallalarida qulupnay savdosini tashkil qilishga ruxsat beriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabarida aytilgan.
“Bahorgi ne'matlar yetilmoqda. Hozir ayni qulupnay mavsumi boshlandi. Shu munosabat bilan Toshkent shahrining barcha mahallalarida qulupnay savdosini tashkil qilishga ruxsat beriladi”, - deyilgan ma'lumotda.
Bildirilishicha, poytaxtga qulupnay olib kiruvchilar va ularning transport vositalariga sharoit yaratiladi.
Bundan oldin, Toshkentda «ximchistka»lar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025