O‘zbekistonda harbiy xizmat uchun o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalari 3 oygacha o‘z kuchida qoladi – Mudofaa vazirligi

O‘zbekiston 14:18 / 20.04.2020 4547

«Karantin cheklovi bekor qilingandan so‘ng bir oylik harbiy xizmatga chaqiruv davom ettiriladi. Bir oylik xizmatga, ya'ni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tash uchun pul badalini to‘lab qo‘ygan fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi bir oylik xizmat yig‘inini o‘tashlari mumkin.

Shuning uchun karantin muddati tugagandan so‘ng albatta bir oylik xizmatg yig‘iniga jalb qilinasiz, shuning uchun to‘lov qilgan pul badalingiz qaytirib berilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 fevraldagi 99-sonli qaror bilan kiritilgan nizomga muvofiq, bu xizmat turi uchun to‘langan pul badallari fuqaro harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topilganda va unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etganda hamda maxsus hisob raqamga yanglishib yoki ortiqcha pul badallari o‘tkazilgan holatda pul badallari belgilangan tartibda qaytarib berilishi belgilangan», degan vazirlik vakili.

Bahrom Zulfiqorov harbiy xizmatga tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lganlarning natijalari karantindan keyin ham o‘z kuchida qolishi, agar 3 oy muddat o‘tib ketgan bo‘lsa, qayta ko‘rik o‘tkazilishini ma'lum qildi.

«Tibbiy ko‘rik natijalari o‘z kuchida qoladi. Ammo, amaldagi me'yoriy huquqiy hujjat, ya'ni Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019 yil 3 apreldagi qo‘shma qaror talablariga asosan funksional tekshiruv va laboratoriya natijalari faqat uch oy davomida o‘z kuchida qolishi mumkin. Agar tibbiy ko‘rikdan so‘ng uch oy o‘tgan bo‘lsa qaytadan tibbiy ko‘rikdan o‘tiladi.

Shuningdek, koronavirusdan tuzalgan fuqarolar ham harbiy xizmat o‘tashlari mumkin. Bu bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Nafaqat harbiy sohada, balki boshqa sohalarda ham xuddi shunday hech qanday cheklovlar mavjud emas», dedi Zulfiqorov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Ko‘proq yangiliklar: