IIV: Karantin qoidalari buzilganda avtomashina jarima maydoniga qo‘yilishi qonuniy hisoblanadi

O‘zbekiston 16:35 / 19.04.2020 8928

AOKAda Ichki ishlar vazirligi ishtirokida brifing chog‘ida vazirlik matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov deputat Rasul Kusherbayevning karantin qoidalarini buzgan avtortansport vositalari nima uchun jarima maydoniga olib borilayotgani bo‘yicha savoliga izoh berdi.

«Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori bilan respublika Maxsus komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy, deb belgilanib qo‘yilgan.

Shundan kelib chiqib, Maxsus komissiya qarorlari qonuniy kuchga ega hisoblanadi. Maxsus komissiyaning 4 apreldagi 16-sonli bayonida karantin talablarining ijrosini so‘zsiz ta'minlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, istisno tariqasida ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida belgilangan tartibni buzganligi uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turilishi belgilangan», deya axborot berdi G‘iyosov. 

Ko‘proq yangiliklar: