Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident akademik Jo‘ra Abdullayev vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi
Axborot texnologiyalari sohasidagi yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Jo‘ra Abdullayev shu yil 18 aprel kuni 93 yoshida vafot etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
J.Abdullayev 1927 yil 21 fevralda Toshkent shahrida tug‘ildi.
1953 yilda O‘rta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)ni tugatib, Rossiya Fanlar akademiyasining Avtomatika va telemexanika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1959 yilda nomzodlik, 1974 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi.
J.Abdullayev o‘z mehnat faoliyatini 1956 yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika institutining kichik ilmiy xodimi sifatida boshladi. Ushbu maskanda katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri lavozimlarida samarali mehnat qildi. Keyinchalik O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, Toshkent elektrotexnika va aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) rektori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti vazifasini bajaruvchisi, mexanika va informatika fanlari bo‘limi raisi, Informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi bosh ilmiy xodimi kabi mas'ul vazifalarda samarali xizmat qilib, respublikamizda malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, zamonaviy ilm-fan tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.
Zahmatkash olimning axborot texnologiyalari sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar ilmiy jamoatchiligi o‘rtasida yaxshi ma'lum. Uning bir qator ilmiy ishlanmalari iqtisodiyotimiz tarmoqlarida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelmoqda.
Jonkuyar ustoz, mohir pedagogning bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.
Akademik J.Abdullayevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni va «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan edi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Jo‘ra Abdullayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,
A.Aripov, B.Yo‘ldoshev, I.Abdurahmonov
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi
Jahon | 11:47
-
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston | 11:40
-
Tramp Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha qurol yuborishga va’da berdi
Jahon | 11:31
-
O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 11:16