Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius ishlash uchun joyni qanday oladi?

O‘zbekiston 11:01 / 18.04.2020 2249

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 yanvaridan davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich xususiylariga qayta tashkil etish boshlandi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati samaradorligini ta'minlash uchun ularning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
 
Norma’ning yozishicha, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar davlat notarial idoralari notariuslari foydalanuvida bo‘lgan binolarni ijaraga olishlari, shuningdek ularning anjomlari va inventarlarini (mebel, stellaj, seyf, kompyuter, tashkiliy texnika vositalari va b.) balans qiymatida sotib olishlari mumkin. Ijara va inventarlarni sotib olish masalasi ushbu binolar operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan hududiy adliya organlari bilan hal qilinadi. Ijarani rasmiylashtirish davlat mulkini ijaraga berish qoidalari asosida amalga oshiriladi.
 
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish istagini bildirgan davlat notarial idoralari notariuslari davlat idoralari binolarini ofis uchun ijaraga olishda ustunlikka ega bo‘ladi. Ular yozma ravishda rad etgan taqdirda yoki ikki oy davomida o‘z huquqidan foydalanmaganda ushbu binolar adliya organlariga biriktirilmagan binoda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga ijaraga beriladi. 
 
Ijaraga berish hamda inventarlarni sotishdan tushadigan mablag‘lar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi hamda davlat notarial idoralarini, adliya organlarini rivojlantirish uchun sarflanadi.
 
Hujjat 11.04.2020 yildan kuchga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: