«O‘zbekistonda butun umrga yetadigan pulni yig‘ishim mumkin edi». Afsonaviy Ziko «Bunyodkor»dagi faoliyatini esladi

Sport 19:49 / 18.04.2020 16729

– 10 yil oldin TsSKAni boshqargan edingiz. Hammasi qanday boshlangani yodingizdami?

– O‘zbekistonda faoliyat olib borgan davrda qishki ta'tilga chiqqanimda Braziliyaga borgandim. O‘shanda Moskva klubida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlayotgan tanishim Paulu Payshau qo‘ng‘iroq qilib, TsSKA klubi prezidenti men bilan gaplashmoqchi ekanligini aytgandi. 

– Darhol kelishganmidingiz?

– Tezda. Menga TsSKAni boshqarishni taklif qilishdi va darrov qabul qildim. TsSKA taniqli jamoa bo‘lgani uchun taklif borasida ikkilanganim ham yo‘q. Faqat bir jihat - «Bunyodkor»dan ketish qiyin bo‘lgandi. Juda qiyin. O‘zbekistonda futbol infrastrukturasi yaxshi bo‘lmasa-da, u yerda futbol rivoji uchun juda katta hajmdagi ishlar qilinayotgandi. Biroq menga Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi darajasida ishlash imkoniyati bo‘lganligi uchun u yerdan ketgandim. Men uchun pul emas, ish saviyasi muhim edi.

– TsSKAda kamroq ishlab toparmidingiz?

– Xuddi shunday. Men O‘zbekistonda qolib, butun umrimga yetadigan mablag‘ni yig‘ishim mumkin edi. Biroq menga futbol darajasi muhimroq bo‘ldi. Shunga qaramay, O‘zbekistondagi to‘rt oy davomida biz mamlakat chempionligi va kubogini yutib, Osiyo Chempionlar ligasida Avstraliya klubiga qarshi o‘yinda hakam tufayli finalga chiqa olmagandik, - deya eslaydi braziliyalik mashhur sobiq murabbiy.

Ko‘proq yangiliklar: