DSQda koronavirus pandemiyasi tufayli xodimlar ish haqi miqdori kamaytirilgani ma'lum qilindi

O‘zbekiston 09:19 / 17.04.2020 17669

Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) koronavirus pandemiyasi sababli o‘z xodimlarining ish haqi miqdori kamaytirilgani to‘g‘risida ma'lum qildi.

“Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishi va uning oqibatidan har birimiz xavotirdamiz. Hammamiz ushbu pandemiyaga tezda barham berishni xohlaymiz.

Ko‘p millatli va hamjihat mamlakatda yashayapmiz. Biz 34 million nafardan ortiqmiz. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi natijasida 2 yil avval Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlari 1,7 baravar oshirilgan edi”, - deya qayd etib o‘tgan DSQ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Yevgeniy Mahmudov.

Uning aytishicha, ana shunday mushkul damlarda davlat soliq xizmati xodimlari mehnat samaradorligi bilan yordam berishga tayyor. 

“Mamlakatda bunday og‘ir damlarga dosh berishda biz, davlat idoralari xizmatchilaridan ko‘ra ko‘proq yordamga muhtoj hamyurtlarimiz bor.

Soliq organlari xodimlarining aksariyati 4 million so‘mdan ziyod bo‘lgan ish haqi miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi tavsiyalarga tushunish va hamjihatlik bilan munosabat bildirishdi.

Davlat organlari xodimlarining ish haqini kamaytirish budjet xarajatlarini optimallashtirishdagi adolatli va muhim qadam, deb hisoblayman”, - deydi u.

Ta'kidlanishicha, aynan qiyin vaziyatlarda inson ichki olami va jamiyatning yetukligi, birdamligi namoyon bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: