Import qilingan, tarkibida nikotin bo‘lgan barcha mahsulotlarga aksiz solig‘i solinadi

O‘zbekiston 12:18 / 14.04.2020 2294

Ayni paytda mamlakatga import qilinadigan quyidagi tamaki mahsulotlariga (qavsda TIF TN kodi ko‘rsatilgan) aksiz solig‘i solinadi:

sigaralar, uchlari kesilgan sigaralar va tarkibida tamaki bo‘lgan sigarillalar (2402 10 000 0) – 1 donasi $0,42;

tarkibida qalampirmunchoq bo‘lgan sigaretalar (2402 20 100 0) – 1000 donasi $18,2;

tarkibida tamaki bo‘lgan boshqa sigaretalar (2402 20 900 0) – 1000 donasi $45.
 
Norma’ning yozishicha, biroq so‘nggi paytda aksiz solig‘i solinmaydigan yangi pozitsiyadagilarini olib kirish hollari ko‘p kuzatilmoqda. Masalan, ilitiladigan tamaki solinadigan buyumlar va tarkibida nikotin bo‘lgan suyuqlik juda ommalashdi.
 
Aholini tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish oqibatlaridan himoya qilish va ular bilan noqonuniy savdo qilish hollarini bartaraf etish maqsadida 1 iyundan boshlab «import» aksizning quyidagi stavkalarini joriy etishga qaror qilindi:

chilim uchun tamaki (2403 11 000 0), chekiladigan (2403 19 100 0), chaynaladigan hidlanadigan va so‘riladigan (2403 99 100 0) – $25/kg;

ilitiladigan tamaki solinadigan buyumlar: ilitiladigan tamaki cho‘pi, ilitiladigan tamakili kapsula va b. (2403 99 900 9) – $25/kg;

nikotinli tamakisiz snyus (2403 99 900 9) – $10/kg;

kartrijlardagi, rezervuarlardagi va elektron sigaretalarda foydalanish uchun boshqa konteynerlardagi tarkibida nikotin bo‘lgan suyuqlik (38 24 99 930 0, 38 24 99 960 8) – $0,045/ml.
 
Hukumat tamaki, chilim, elektron sigaretalar, ilitiladigan tamaki solinadigan buyumlar va tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlar aylanmasini tartibga solishga doir qonun loyihasini uch oy muddat ichida Oliy Majlisga kiritishi shart.
 
Hujjat 7.04.2020 yilda e'lon qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: