Biznesga yordam uchun onlayn-marafon o‘tkaziladi. Maxsus bot orqali eng yaxshi ma'ruzachilarni tanlash boshlandi

Business class 11:35 / 14.04.2020 61541

1-7 may kunlari biznesga yordam uchun MAKON ANTI CRISIS birinchi onlayn-marafoni o‘tkaziladi. Bu yigirmadan ortiq eng yaxshi mahalliy va xorijiy ekspertlardan inqirozga qarshi maslahatlar va harakatlar rejalarini olishning noyob imkoniyatidir, zero ular bizni qo‘llab-quvvatlab, biznesimizni bugungi murakkab vaziyatga moslashtirishda yordam berishlari mumkin.

Biznesingiz ikkilanishdami? Talab va daromadlar o‘zgardimi? Yangi voqelikda biznesni qanday rivojlantirish mumkin? Nimadan boshlash kerak?

Agar sizni bu va boshqa eng dolzarb masalalar qiynayotgan bo‘lsa, ushbu mas'uliyatli lahzalarda fikrlari siz uchun muhim bo‘lgan ekspertlarni o‘zingiz belgilashingiz va oldingizda turgan eng dolzarb muammolarni ko‘rsatish imkoniga egasiz.

«Biznesni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash – ushbu onlayn-marafonning bosh maqsadidir.

Bundan tashqari, biz ma'ruzachilarning chiqishlari istisnosiz barcha uchun maksimal darajada foydali va dolzarb bo‘lishini istaymiz. Aynan shu sababli ma'ruzachilar uchun ochiq ovoz berish boshlangani haqida e'lon qildik. Ushbu maqsadda Telegramda maxsus @makonanticrisis_bot botini ishlab chiqdik. Istalgan kishi taklif etilgan ro‘yxatdan ma'ruzachini tanlashi yoki o‘zi xohlaganini qo‘shishi mumkin. Shundan keyin, ovoz beruvchilarga eng dolzarb va har kimni qiynab turgan bir yoki bir necha savollarni tanlash yoki konferensiyada javobini eshitishni istaydigan o‘z savolini kiritish so‘raladi. Biz to‘laligicha sizning tanlovingizga tayanamiz, chunki gap sizning biznesingiz haqida bormoqda», - deydi tadbir tashkilotchisi, «Milliy marketing markazi» korxonalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.

Ovoz berish bir hafta davom etadi, bu davr ichida biz O‘zbekiston biznesi uchun inqirozga qarshi eng dolzarb kontentni belgilab olishga ulguramiz.

«Sizning fikrlaringiz asosida biz eng dolzarb, iste'molchilar fikriga ko‘ra inqirozga qarshi kurashish uchun foydali bo‘lgan dasturni shakllantiramiz.

Onlayn tadbirning bunday formati, bunchalik ko‘p sonli mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida, bizda birinchi bor tashkil etilyapti. Biz bugun o‘zgarishga uchragan vaziyatga muvofiq ish ko‘ryapmiz va o‘z biznesini o‘zgargan shart-sharoitlarga moslashtirishga muvaffaq bo‘lgan muvaffaqiyatli insonlarning shaxsiy tajribasi ko‘rinishida biznesga amaliy yordam taklif qilamiz. Ochiq ovoz berish bizga, tashkilotchi sifatida, butun respublika bo‘ylab tadbirkorlarimiz uchun qaysi masala eng muhimligini tushunish, qayta aloqaga ega bo‘lish va bu murakkab vaqtda real ko‘mak ko‘rsatish imkonini beradi», - deya  qayd etdi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi Iste'molchilar huquqini himoya qilish agentligi Reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov.

Qayd etish lozimki, ovoz berish natijalarini real vaqt rejimida makonmf.uz saytida ko‘rish mumkin. Ma'ruzachilar va savollar ro‘yxatlari, ovoz beruvchilar qo‘shganlari sari, kengayib boradi.

Ovoz berishning barcha qatnashchilari avtomatik ravishda MAKON ANTI CRISIS onlayn-marafonida ro‘yxatdan o‘tishadi.

Marafon tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Milliy marketing markazi

Bosh hamkor: «Asaka» banki 

Ko‘proq yangiliklar: