Namanganda Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markaz faoliyati onlayn dastur bilan muvofiqlashtiriladi 

O‘zbekiston 17:59 / 13.04.2020 2307

Koronavirus pandemiyasi davrida Namangan viloyatida ehtiyojmand va nochor oilalarga mo‘ljallangan xayriyalarning va homiyliklarning aniq hisob-kitobini onlayn yuritish imkonini beruvchi dastur ishga tushirildi.

Ushbu dastur Namangan viloyat hokimligi AKT rivojlantirish markazi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi qoshida tashkil etilgan Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markaz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda DataSite Technology kompaniyasi hamkorligida, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi beg‘araz ko‘magi bilan respublika viloyatlarida birinchi bo‘lib ishga tushirildi.

Uning yordamida viloyat miqyosida kelib tushgan homiylik mablag‘lari va mahsulotlari, 1197 raqami orqali Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markazga kelib tushgan murojaatlar, amalga oshirilgan xayriyalar ro‘yxati bilan onlayn tarzda hisobot yuritish imkoni yaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: