Tokio Olimpiadasi 2021 yilda ham o‘tmasligi mumkinligi ma'lum qilindi

Sport 22:25 / 10.04.2020 6560

Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi ijrochi direktori Tosiro Muto koronavirus pandemiyasi sababli O‘yinlarning 2021 yilda o‘tishiga kafolat bera olmasligini aytgan. 

Avvalroq 2020 yil o‘tishi kerak bo‘lgan O‘yinlar 2021 yilga ko‘chirilgandi.

“Kimdir keyingi yil iyuligacha pandemiya ustidan nazorat o‘rnatilishi yoki yo‘qligini ayta oladi, deb o‘ylamayman. Biz sizga aniq javob bera olmaymiz. Bu biz qila oladigan barcha ish O‘yinlarga astoydil tayyorlanish ekanini anglatadi. Biz keyingi yil insoniyat koronavirus inqirozini yenga oladi, deb umid qilib qolamiz”, deb aytgan Muto jurnalistlarga.

Tokiodagi yozgi Olimpiada 2020 yil 24 iyulda boshlanishi kerak edi. Biroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va O‘yinlar tashkilotchilari 24 martda Olimpiadaning 2021 yilga ko‘chirilishini e'lon qilgan. 

2020 yilda Olimpiada dastlab belgilangan muddatda o‘tmaydigan tarixdagi birinchi Olimpiada bo‘ldi. Olimpiada ko‘chirilishi sababli uning o‘tkazilishi qiymati 30 mlrd dollardan oshib ketishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: