Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom taraqqiyot banki pandemiyaga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam beradi
Islom taraqqiyot banki koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak beradi. Bu haqda investitsiyalar va tashki savdo vazirligi rasmiy saytida ma'lumot berilgan.
Xabarda aytilishicha, Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va savdo vaziri Sardor Umurzoqov bu borada Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar bilan videomuloqot olib borgan.
Muzokaralar yakunida ITB prezidenti 2,3 milliard dollar miqdordagi «Strategik tayyorgarlik va choralar to‘plami» mablag‘laridan 17 million dollari O‘zbekistonga yo‘naltirilishini ma'lum qilgan.
«Shuningdek, Bandar Hajar koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun qurilayotgan yangi shifoxonalarni jihozlash loyihalari doirasida iqtisod qilingan 46 million AQSh dollarini qayta yo‘naltirish orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi», deyiladi vazirlik xabarida.
Oldinroq bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Jahon banki rasmiylari bilan muzokara o‘tkazgan va unga ko‘ra bank O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurash uchun 1,2 milliard dollar kredit ajratishga tayyorligi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

17:41 / 14.07.2025
Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlandi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025