Stiker uchun arizalarning 80 foizidan ortig‘iga rad javobi berildi

Jamiyat 00:05 / 09.04.2020 12101

Ma'lum bo‘lishicha, 8 aprel holatiga 195 mingga yaqin ariza kelib tushgan bo‘lib, shulardan 175 mingdan ortig‘i ko‘rib chiqilgan. Natijada 33 mingdan ziyod ariza qanoatlantirilgan, 142,5 mingga yaqin so‘rov belgilangan talablarga javob bermagani uchun rad etilgan.

Eng ko‘p ariza Toshkent shahridan – 71 mingdan ortiq. Toshkent viloyatida 17 mingga yaqin, Farg‘onada 16 mingdan ortiq, Samarqandda 14 mingdan ziyod haydovchi maxsus ruxsatnoma olish uchun so‘rov kiritgan.

Shu paytgacha DXMlar tomonidan Sirdaryo viloyatida bor-yo‘g‘i 125ta, Jizzax viloyatida 313ta stiker berilgani e'tiborga molik.

Ko‘proq yangiliklar: