O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 65 mln so‘mlik kibersport musobaqasi o‘tkaziladi

Sport 20:31 / 09.04.2020 27186

Musobaqa joriy yil 14-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eng muhimi, ushbu kibersport musobaqasi to‘liq onlayn rejimda o‘tkaziladi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Musobaqa #UydaQolibOʻyindaBoʻling chellenji ostida tashkil etilib, unda 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin .

Musobaqa quyidagi 3 ta yo‘nalishda bo‘ladi:

  • 1. “FIFA20”;
  • 2. “Clash Royale”;
  • 3. “Victory The Age of Racing”

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 65 000 000 so‘mni tashkil qiladi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha mukofot jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi:

  • “FIFA 20” – 30 000 000 so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi);
  • “Clash Royale” – 20 000 000 so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi);
  • “Victory The Age of Racing” – 15 000 000 so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi).

Musobaqada qatnashish uchun quyidagi havola (https://forms.gle/nRQA5hCdzueojwgV8) orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati esa 14 aprel, soat 23:00 etib belgilangan.

Musobaqa taqvimi kuyidagicha:

  • - 15-22 aprel, guruh bosqich o‘yinlari;
  • - 23-28 aprel, pley-off bosqich o‘yinlari;
  • - 29 aprel, 3-o‘rin uchun bahslar;
  • - 30 aprel kuni esa “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasining hal qiluvchi final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa doirasidagi markaziy o‘yinlar Espors Uzbekistan Federatsiyasining Youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar bilan vazirlikning www.minsport.uz rasmiy sayti va @minsport telegram kanali hamda O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasining espors_uzbekistan telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Kibersport onlayn musobaqasida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: