«Darsdagi xatomizni o‘qituvchi kechiradi, lekin virus ayab o‘tirmaydi» – #uydatalimolyapman loyihasiga maktub«Darsdagi xatomizni o‘qituvchi kechiradi, lekin virus ayab o‘tirmaydi» – #uydatalimolyapman loyihasiga maktub 👉 https://kun.uz/47782718
Posted by Kun.uz on Wednesday, April 8, 2020
«Men ixtisoslashgan ko‘zi ojizlar maktabida tahsil olaman. Dadam ham mana shu maktabda matematika fanidan darc beradi. U o‘quvchilarini mantiqiy va keng fikrlashga o‘rgatadi.
Masalan, 4+4:4=? topshirig‘ini olaylik. Ko‘pchilik shoshilib javobni 2 deb o‘ylaydi. Lekin, aslida, natija 5ga teng.
Matematikada misol noto‘g‘ri ishlansa, o‘qituvchi o‘quvchisining xatosini to‘g‘rilab, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Lekin hozirgi vaziyatda davlatimiz tatbiq etgan qoidalarga rioya qilmasak, virus hech kimni ayab o‘tirmaydi.
Ayni paytda uyda o‘tirgan holda turli mashg‘ulotlar bilan bandman. Men ko‘zi ojiz qizlar o‘rtasida shashka bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va Osiyo sovrindori bo‘lganman. Karantin davrida shashka bilan mustaqil shug‘ullanyapman. Menga dadam ham yordam bermoqda.
Ko‘zi ojizlar uchun ishlangan alohida shashkalar bor, unda oq va qora donalar bir-biridan ajralib turadi. Qo‘l bilan ushlaganda siljib ketmasligi uchun donalari maxsus chuqurchalarda joylashgan bo‘ladi.
Men hammadan karantin davrida uyda bo‘lishlarini so‘ragan bo‘lardim. Shuningdek, mana shu og‘ir vaziyatda ham ishlayotgan kasb egalariga hurmatim baland», – deydi Sadoqat To‘laboyeva.
Eslatib o‘tamiz, #uydatalimolyapman loyihasida turli resurslar orqali mustaqil ta'lim olayotgan o‘quvchi va talabalar haqida hikoya qilib boriladi.
Agar siz ham o‘z dars tartibingizni ishlab chiqqan bo‘lsangiz, bu haqda bizga Telegram`dagi @uydatalimolbot manzili orqali ma'lumot yuborishingiz (imkon bo‘lsa, rasmlar va videolar bilan) mumkin.