Toliblar hibsdagi tarafdorlari ozod etilmagunicha hukumatga qarshi urush olib borishini bildirdi

Jahon 17:04 / 08.04.2020 7639

Toliblar hibsdagi tarafdorlari AQSh va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuv shartlari bo‘yicha ozod etilmagunicha rasmiy Kobulga qarshi urush harakatlarini davom etttiradi. Bu haqda harakatning Qatardagi rasmiy ofisi vakili Muhammad Suhayl Shahin ma'lum qildi.

"Biz tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi uchun ichki afg‘on muzokaralari boshlanishini istaymiz. Ammo hukumat muzokaralar boshlanishiga to‘sqinlik qilib mahbuslarni ozod etmayapti. Oramizda kelishuv yo‘q ekan, jang harakatlari davom etadi", - dedi u.

Shahinning so‘zlariga ko‘ra, muloqot “Tolibon”ning 5 ming nafar tarafdori ozodlikka chiqarilganidan so‘ng boshlanadi.

29 fevralda Dohada AQSh va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolangandi. Kelishuvga ko‘ra, Afg‘onistondagi ichki muzokaralar 10 martda boshlanishi lozim edi. 

Ko‘proq yangiliklar: