Dzyudo bo‘yicha Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati olimpiadaga saralash vazifasini o‘tashi mumkin

Sport 14:44 / 08.04.2020 3506

«2021 yilgi jahon chempionati ham Tokio olimpiadasining saralash bosqichi doirasiga kiritilishi mumkin, ammo barchasi koronavirus pandemiyasining butun dunyo bo‘ylab qachon yakuniga yetishiga bog‘liq. Shunisi aniqki, Qatarda o‘tadigan masters turniri kvalifikatsion darajani saqlab qoladi», deb Marius Vizerning so‘zlarini keltirmoqda O‘zbekiston MOQ rasmiy sayti.

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionati 2021 yil avgust oyining oxirida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Agar jahon chempionati Tokio olimpiadasi saralash musobaqalari qatoriga kiritilsa, u 2021 yil may oyida o‘tkazilishi mumkin. Shuningdek, keyingi yilgi jahon chempionati hamda joriy yil kuzda o‘tishi reja qilingan Toshkent gran-prisining vaqtlarini almashtirish varianti ham yo‘q emas.

Ma'lumot uchun, 2021 yil O‘zbekiston tarixda ilk marta dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu boradagi kelishuv joriy yil 15 yanvar kuni xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerning O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangandi.

Ko‘proq yangiliklar: