Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurashuvchi harbiy guruh tashkil etadi

Jahon 00:04 / 07.04.2020 4819

Bu haqda Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel YeIga a'zo davlatlar mudofaa vazirlarining videoyig‘ilishi natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Borrelning ta'kidlashicha, mudofaa vazirlari harbiy tajribani pandemiyaga qarshi kurashda qanday qo‘llash mumkinligini muhokama qilishgan. 

“Biz vazirlar bilan YeIga a'zo davlatlar o‘rtasida axborot va eng yaxshi tajribani almashishni qo‘llab-quvvatlash uchun harbiy kompetentlikni qanday qo‘llash mumkinligini o‘rganishga qaror qildik. Buning uchun biz Yevropa ittifoqi bosh shtabi rahbarligida Yevropa ittifoqi tashqi siyosiy xizmati doirasida tezkor guruh tashkil etishimiz mumkin”, deb aytgan Borrel.

Uning ta'kidlashicha, harbiy guruh NATO bilan to‘liq muvofiqlikda va unga qo‘shimcha sifatida tuziladi.

Ko‘proq yangiliklar: