YeI Suriya, Venesuela, Eron va KXDRdan ularning tibbiy yordam olishiga xalal berayotgan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirdi

Jahon 01:22 / 07.04.2020 11976

Yevroittifoq boshqa davlatlarni Suriya, Venesuela, Eron va KXDRdan koronavirus tarqalishi sababli ularning tibbiy va gumanitar yordam olishiga xalal berayotgan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirmoqda. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma'lum qildi.

"Bizning sanksiyalarimiz gumanitar yordam yetkazishga xalaqit bermayapti. Boshqa mamlakatlar ham bizning yo‘limizdan borishini va tibbiy jihozlar sanksiya ostidagi davlatlarga yetib borishini istardik. Masalan, Suriya, Venesuela, Eron va KXDRga", - dedi u BMT bosh kotibining sanksiyalarni olib tashlash to‘g‘risidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlarkan.

24 mart kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh “Katta yigirmatalik” davlatlari yetakchilariga maktub yo‘llab, ularni koronavirus pandemiyasi ortida oziq-ovqat, tibbiy yordam va birinchi ehtiyojdagi buyumlarni yetkazishga to‘sqinlik qiluvchi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgandi

Ko‘proq yangiliklar: