«Videodarslarni o‘zlashtirishga internet tezligi yo‘l bermayapti» – talabadan maktub

Jamiyat 08:00 / 07.04.2020 27119

Muhriddin loyihaga yo‘llagan maktubida uyda ta'lim olayotgan ko‘p yoshlar duch kelayotgan muammo haqida so‘z yuritgan.

«Men ayni paytda karantinni uyda – Samarqand viloyati, Jomboy tumanida oilam davrasida o‘tkazyapman.

Oilada mendan tashqari yana bir talaba bor: ukam hozir institutning 5-bosqich talabasi. Singlim esa maktabda o‘qiydi. Onam maktabda dars beradi.

Ko‘rib turganingizdek, hammamizning ish va o‘qish faoliyatimizga hozir internet juda kerak. Onam o‘quvchilariga onlayn dars o‘tishi, biz esa onlayn ta'lim olishimiz kerak. Hozir universitetlar tomonidan masofaviy ta'lim yo‘lga qo‘yilgan.

Tuman markazida yashasak ham, uyimizda mobil internet deyarli ishlamayapti.

Onam messenjer orqali zo‘rg‘a dars o‘tyapti. Bizga esa institut bilan bog‘lanishga, videodarslarni ko‘rishga internet tezligi yo‘l qo‘ymaydi.

 

«Videodarslarni o‘zlashtirishga internet tezligi yo‘l bermayapti» – talabadan maktub 👉 https://kun.uz/83471955

Posted by Kun.uz on Monday, April 6, 2020

Uyga Wi-Fi o‘rnatish haqida «Uztelecom» AJning Jomboy tuman filialiga ariza berganmiz. Yaqinda Wi-Fi o‘rnatib berishga va'da berishdi, lekin aytilgan vaqtida ulab berishgani yo‘q.

Aslida Wi-Fi o‘rnatib olish orqali muammomni hal qilib, bu mavzuda yozmoqchi emas edim. Lekin hozir internet muammosi faqat menga aloqador emasligini, tumanda qancha talabalar borligini va agar tuman markazida mobil internet deyarli ishlamayotgan bo‘lsa, markazda joylashmagan mahallalarda ahvol bundan ham yomonligini o‘ylab, yozishga qaror qildim.

Internetning tezligi qay ahvolda ekanini men yuborayotgan video orqali bilib olishingiz mumkin», – deya yozib yuborgan Muhriddin Bahriddinov.

Eslatib o‘tamiz, #uydatalimolyapman loyihasida turli resurslar orqali mustaqil ta'lim olayotgan o‘quvchi va talabalar haqida hikoya qilib boriladi.

Agar siz ham o‘z dars tartibingizni ishlab chiqqan bo‘lsangiz, bu haqda bizga Telegram`dagi @uydatalimolbot manzili orqali ma'lumot yuborishingiz (imkon bo‘lsa, rasmlar va videolar bilan) mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: