Turkiyada tibbiy niqoblar sotuvi taqiqlandi

Jahon 00:36 / 07.04.2020 34013

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda tibbiy niqoblar sotilishini taqiqladi. 

Aholi tibbiy niqoblarni bepul olishi mumkin.

«Mahalliy hokimiyatlar “ye-davlat” davlat portalida yoki PTT pochtasi saytida tegishli so‘rov qoldirgan fuqarolarimizga tibbiy niqoblarni bepul jo‘natishni boshladi. Niqoblarni sotish taqiqlandi», — dedi Turkiya rahbari.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 27 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Mingdan ortiq kishi tuzalgan, 500dan ortiq kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: