Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShga Oy zaxiralaridan foydalanish huquqini beruvchi farmonni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yerning tabiiy yo‘ldoshi – Oy va boshqa samo jismlaridagi tabiiy zaxiralarni o‘zlashtirishni qo‘llab-quvvatlovchi farmonni imzoladi.

Foto: Mark Wilson/Getty Images
Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
“Amerikaliklar koinotdagi zaxiralarni tijoriy tadqiq qilish, qazib olish va foydalanish huquqiga ega bo‘lishlari kerak”, deyilgan farmonda.
Farmonda ta'kidlanishicha, koinot yuridik va jismoniy tomondan “inson faoliyati uchun o‘ziga xos hudud hisoblanadi va AQSh unga umumiy mulk sifatida qaramaydi”, shu sababli AQShning bu boradagi siyosati “koinotda zaxiralarni olish va ularni qo‘llashning xalqaro qo‘llab-quvvatlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim”.
Farmonda AQSh Oy va boshqa samo jismlarida davlatlarning faoliyati haqidagi kelishuvni tan olmasligi ta'kidlab o‘tilgan. “Shu munosabat bilan davlat kotibi har qanday davlat yoki xalqaro tashkilot tomonidan Oy haqidagi kelishuvni xalqaro huquqni aks ettiruvchi yoki ifodalovchi hujjat sifatida talqin qilinishi urinishlariga qarshilik ko‘rsatishi kerak”, deyilgan farmonda.
Oyda va boshqa samo jismlarida davlatlarning faoliyati haqidagi kelishuv BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1979 yilda qabul qilingan. Unda Oyni tadqiq qilish va undan foydalanishga butun insoniyat haqli ekani va u dunyo davlatlari manfaati yo‘lida amalga oshirilishi ta'kidlab o‘tilgan. Oyni tadqiq qilish bilan shug‘ullanuvchi davlatlar hamkorlik va o‘zaro yordam tamoyillariga asoslanishi lozim.
“Oy unga na suverenitetni e'lon qilish, na undan foydalanish yoki bosib olish, na boshqa har qanday vosita bilan bir davlat tomonidan o‘zlashtirilmaydi”, deyilgan kelishuvda.
Tramp fevral boshida kongressdan Mars va Oyga parvozlar dasturiga pul aratishni so‘ragan. AQSh prezidenti bu “Oydagi keyingi erkak va ayol amerikalik astronavtlar bo‘lishi kerakligi, AQSh Marsda bayroq o‘rnatadigan birinchi davlat bo‘lishi uchun zarurligini” aytgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi
Jahon | 08:17
-
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:54
-
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi
Jahon | 07:41
Mavzuga oid

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

19:55 / 11.07.2025
Sud Trampning tug‘ilish holati bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga oid farmonini blokladi

19:35 / 11.07.2025