Shunday xayr-saxovat ishlaridan biri Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida faoliyat yurituvchi «Rahmatullo chorvador» fermer xo‘jaligi tomonidan amalga oshirildi.
Fermer xo‘jaligi 800 oilaga 8 tonna kartoshka, 2 tonna o‘simlik yog‘i, 1,5 tonna go‘sht mahsulotini tarqatdi. Unda viloyat prokurori R. Masharipov hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i R. Yo‘ldoshev ham ishtirok etdi, deb xabar qiladi Kun.uz manbasi.
Bundan tashqari, mazkur xayriya tadbiri doirasida 9 tonna kartoshka arzon narxda mahallalarda sotilishi ta'minlangan.
Shu o‘rinda, O‘zbekistonda joriy qilingan karantin bois «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga mablag‘ o‘tkazishni istagan ehsonsevar vatandoshlar va tadbirkorlar uchun jamg‘armaning hisob raqamlarini yana bir eslatib o‘tamiz:
- 20 212 840 9001 0173 4001 (AQSh dollaridagi)
- 20 212 978 0001 0173 4001 (Yevrodagi)
- 86 00 33 299 742 5800 - Uzcard (so‘m)
- 986 00 1010 240 5858 – Humo Card
- 4084 16000 0316334 – Visa (AQSh dollari)
«Ipoteka-bank» Mehnat, MFO: 00 423, INN: 200 897 248.
Tel 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59