Odil Ahmedov O‘zbekistonga tibbiyot vositalari yuboradi

Jamiyat 21:48 / 07.04.2020 23013

Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi saytida xabar berilgan.

Manbada aytilishicha, ayni damda Shanhayda bo‘lib turgan Odil Ahmedov o‘z hisobidan tibbiyot xodimlari uchun maxsus kombinezon, himoya ko‘zoynagi va yuz shlemidan iborat tibbiy vositalarni O‘zbekistonga yuboradi. O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi milliy jamoa sardori homiylik qilgan gumanitar yordam Toshkentga yetib kelishini ta'minlaydi.

Ma'lumot uchun, Odil Ahmedov koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonga kirib kelgach, ikkinchi marta xayriya ishlarida qatnashdi. Oldinroq futbolchi aka-ukalari bilan Namangandagi kam ta'minlangan oilalarga 500 million miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilgani aytilgandi

Ko‘proq yangiliklar: