Jurnalist Karim Bahriyevning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, ushbu shaxs o‘zbekistonlik mumtoz kuylar qo‘shiqchisi Rustam Hojimuhammedov bo‘lgan. U ijodiy faoliyatini Rustam Samarqandiy taxallusi bilan olib borgan.
COVID-19 tufayli AQShda vafot etgan uchinchi o‘zbekistonlik marhumning Rustam Samarqandiy bo‘lgani haqida Filadelfiya radiosi rahbari Bahodir Qudratov ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.
Hojimuhammedovda kasallik alomatlari 22 mart kuni aniqlangan va ahvoli keskin yomonlashgach, 2 aprel kuni kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun'iy shamollatish apparatiga ulangan hamda sun'iy koma holatiga tushirilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy amaliyotlar foyda bermay, u 6 aprel kuni vafot etgan.
Bundan avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.