Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bu chorani shunday izohladi:
– Bosh prokuror farmoyishi asosida bosh prokuror birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi maxsus guruhlar koronavirusga chalingan bemorlar bilan tegishli surishtiruv ishlarini o‘tkazadi. Kundalik tutishni so‘rashdan maqsad, jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bir bemor o‘nlab odamlarga kasallik yuqtirishi mumkin. Ammo surishtiruv paytida kimlar bilan uchrashganini aniq aytib bera olmaydi. Bu avvalo insonning o‘zi, yaqinlari va boshqalarning salomatliklarini saqlashga qaratilgan.