Kot-d'Ivuarda koronavirusga chalinganlar uchun qurilayotgan tibbiy markaz vayron qilindi – OAV

Jahon 01:04 / 07.04.2020 27730

Bu haqda “Bi-bi-si” telekanali xabar berdi

Bu holatning ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videosida odamlar inshootni bo‘laklab tashlayotganlarini ko‘rish mumkin.   

Guvohlarning ta'kidlashicha, shaharning gavjum tumanlaridan biri aholisi tibbiy markazning uylari yaqinida qurilayotganiga qarshi chiqqan. Bu orada mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy markaz koronavirusga chalinganlar uchun shifoxona sifatida ishlatilishi rejalashtirilmaganini ma'lum qilgan. 

Ayni vaqtda Kot-d'Ivuarda koronavirusga chalinganlar soni 261 nafarni, vafot etganlar 3 nafarni tashkil qilmoqda. 

Mamlakatda pandemiya sababli favqulodda vaziyat rejimi amal qilmoqda, kechki soat 21dan tonggi soat 5gacha komendantlik soati joriy qilingan. 30 martdan 5,2 mln kishilik Abidjanda karantin kiritilgan. Biroq bu odamlarga tibbiy markazni buzib tashlashlariga xalaqit qila olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: