Alisher Usmonovning holdingi Rossiyada koronavirusga qarshi kurashga 2 mlrd rubl ajratadi

Jahon 09:42 / 07.04.2020 25558

Alisher Usmonov, Vladimir Skoch, Farhod Moshiriy va Ivan Streshinskiy holdingning asosiy aksiyadorlari hisoblanadi.

Mablag‘lar shtab faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida foydalanish uchun beg‘araz taqdim etiladi.

Moliyalashtirish birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilar uchun himoya vositalari, ularning transport bilan ta'minlanishi, shuningdek, tibbiyot xodimlari va koronavirusdan zararlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni davolash ishlarida band bo‘lganlarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

So‘nggi haftalar davomida holding aksiyador bo‘lgan korxona va kompaniyaning resursi va kuchi koronavirusga qarshi kurashishga yo‘naltirilmoqda.

USM – metallurgiya va tog‘-kon qazib chiqarish, telekommunikatsiya, texnologiya a internet sohasidagi aktivlarga egalik qiladi va ularni boshqaradi. «Metalloinvest», «Megafon», Baykalskaya gornaya kompaniya, Mail.ru Group guruh aktivlari qatoriga kiradi.

  • Bundan avvalroq, kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun 20 mln dollar ajratgani, bu mablag‘ Toshkent viloyatida qurilayotgan shifoxonalarni eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun yo‘naltirilishi xabar qilingandi.
Ko‘proq yangiliklar: