Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
#Uyda_qol #Hayotga_qo‘shil – O‘zbekistonda sovrinli sport chellenji e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida «6 aprel – Taraqqiyot va tinchlik yo‘lida Xalqaro sport kuni» munosabati bilan yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishni keng targ‘ib etish maqsadida o‘ziga xos salomatlik aksiyasini e'lon qiladi.
#Uyda_qol #Hayotga_qo‘shil chellenjida qatnashish orqali siz nafaqat o‘z salomatligingizni mustahkamlaysiz, balki bu orqali qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Buning uchun siz:
1) karantinda uyda qolib oila a'zolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda o‘zingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;
2) Ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (fb.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashing.
Videoroliklarni baholashda:
- taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila a'zolari uy sharoitida sport bilan shug‘ullanish jarayoni aks etganligi;
- uyda sport bilan shug‘ullanish jarayoniga kreativ yondashuvi;
- videorolikning sifati;
- ishtirokchi(lar)ning uyda qolib sport bilan shug‘ullanishga da'vat etgan (chaqiriq) bo‘lishi;
- videoroliklar 3 daqiqadan oshmasligiga e'tibor qaratiladi.
Chellenj joriy yilning 6-26 aprel kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi. Har to‘rtinchi kunda chellenjning uch kunlik g‘oliblari aniqlanib, taqdirlab boriladi.
#Uyda_qol #Hayotga_qo‘shil chellenjida faol ishtirok eting va sovg‘alarni qo‘lga kiriting.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
O‘zbekiston | 09:03
-
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 08:42
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

20:18 / 14.01.2023
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

02:32 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi sport inshootlarining bir kunlik quvvati qariyb 1,5 mln kishini tashkil etadi - Adliya vazirligi

00:18 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi maktablarning 22,5 foizida sport zallari yo‘qligi ma'lum qilindi

19:17 / 22.12.2020