Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli sinalgani aytilmoqda

Jahon 01:30 / 06.04.2020 30786

«Yaxshi yangilik bor. Leykoplastirdagi mikroignalar yordamida jonivorlarga koronavirusga qarshi antitanalar hosil qiluvchi va virusning hujayralarga birikishining oldini oluvchi vaksina kiritildi. Endi u insonlarni ham kasallikdan himoya qila olishini sinash vaqti keldi», – deb yozgan u Tvitterdagi sahifasida.

Ayni vaqtda koronavirusga qarshi vaksinalar Rossiyada sichqonlar, olako‘zan va maymunlarda sinalmoqda. Bu sinovlar aprel oyi oxirlarida nihoyalanishi kutilmoqda. Shanba kuni «Vektor» davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksyutov xabar bergandiki, boshlang‘ich klinik tadqiqotlar 11 maydan, klinik tadqiqotlar 29 iyundan boshlanadi.

Yangi koronavirus chaqiruvchi kasallikning avj olishi 2019 yilning oxirida Markaziy Xitoyda ilk marta qayd etilgandi. Kasallik Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 11 mart kuni pandemiya deb tan olindi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra 1,26 million kishi kasallikka chalingan, vafot etganlar soni 68 ming kishidan oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: