Singapurda koronavirus sababli yoshi 21dan oshgan har bir fuqaroga mablag‘ ajratiladi

Jahon 18:41 / 06.04.2020 9578

Singapur hukumati koronavirus epidemiyasi sababli biznes va aholiga uchinchi yordam paketini e'lon qildi. Buning uchun yaqin vaqt ichida zaxira fondidan mablag‘ ajratiladi, deb xabar berdi CNBC.

Hukumat qaroriga muvofiq, Singapurning 21 yoshdan katta bo‘lgan har bir fuqarosi 600 singapur dollari ($417) miqdorida mablag‘ oladi.  

Biznesga ham mablag‘ ajratiladi. Hukumat aprel oyi uchun maoshlarni to‘lab berishga va'da berdi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, buning uchun zaxira fondidan 2,9 mlrd dollar atrofida mablag‘ olinadi.

Hisob raqamlari to‘g‘risida ma'lumot taqdim etganlarga pul hisob raqamlariga tushirib beriladi, qolganlar naqd pul oladi.

Singapur moliya vaziri ushbu to‘lovlarni olishdan o‘z ixtiyori bilan voz kechgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu pullar o‘ta muhtojlarga beriladi. 

Singapurda 1309 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan, olti kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: