Sanitar-tozalash korxonalarida maosh muammosi yuzaga keldi. Aholidan o‘z vaqtida to‘lov qilish so‘ralmoqda

Jamiyat 16:18 / 06.04.2020 16589

Bunga sabab – karantin tufayli maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun naqd pul yig‘imlari tashkil etilmayapti, naqd pul to‘lovlarni qabul qilish kassalari esa faoliyat yuritmayapti.

Shu munosabat bilan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi aholidan maishiy chiqindilar olib chiqib ketilgani uchun to‘lovlarni masofadan turib o‘z vaqtida amalga oshirishni so‘radi.

«Bugungi epidemiologik vaziyatda shahrimiz hududlarining toza va ozoda bo‘lishi juda muhim. Sanitar-tozalash korxonalarining esa bu borada o‘rni beqiyos. Ular murakkab vaziyatga qaramay, yurtdoshlarimizning ozodaligini ta'minlash uchun mehnat qilayotgan xodimlar sirasiga kiradi.

Bugungi barchamiz uchun murakkab vaziyatda imkoni boricha ozodaligimizni ta'minlayotgan hamyurtlarimiz o‘z vaqtida maoshlarini olishlari uchun maishiy chiqindilar olib chiqib ketilgani uchun to‘lovlarni baholi qudrat amalga oshirish talab etiladi. Aks holda, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar oylik maosh bilan ta'minlanishida muammolar yuzaga kelib, ular qisqartirilishiga olib kelinadi», – deyiladi qo‘mita murojaatida.

Qayd etilishicha, abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida Majburiy ijro byurosining @mibuzbot Telegram-boti va Play Market'da CleanCity Abonent ilovasi ishga tushirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: