Qarshi va Samarqandda karantin qoidalarini buzganlardan velosipedlar vaqtincha olib qo‘yilmoqda

O‘zbekiston 19:51 / 06.04.2020 20273
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan edi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, 6 apreldan e'tiboran «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etilgan edi.

Shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00dan e'tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanishi belgilangan edi.

Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Samarqand shahrida ham bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Karantin qoidalari buzilgan deb topilgan holatlarda mototransport va velosipedlar Ichki ishlar idoralarining tegishli bo‘limlariga olib ketilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Mazkur vositalar karantin davri tugaguncha qadar IIB maxsus maydonlarida qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: