Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YuNISEF koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik qiladi

Jahon 19:40 / 06.04.2020 3297

Mazkur hamkorlik BMT va Shveytsariyaning Swiss Philanthropy Foundation jamg‘armasi ko‘magida asos solingan va COVID-19ni yengish uchun birdamlik jamg‘armasi doirasida amalga oshiriladi.    

COVID-19ga qarshi birdamlik jamg‘armasi JSSning strategik tayyorgarlik va javob choralari rejasi asosida amalga oshiriladigan global chora-tadbirlarga yordam berish maqsadida tuzilgan. Ushbu kelishuv doirasida, jamg‘armaning 127 million dollardan ortiq bo‘lgan umumiy mablag‘idan birinchi qismi YuNISEFning butun dunyodagi himoyaga eng muhtoj bolalar va mahalliy jamoalar bilan ishlashga qaratilgan faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

«Ushbu jamg‘arma mablag‘lari COVID-19ning oldini olish, aniqlash va davolash bo‘yicha mahalliy hamjamiyatlar va tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda zarur asbob-anjomlar bilan ta'minlash uchun sarflanadi. Bu mamlakatlar uchun sog‘liqni saqlash imkoniyatlarini kengaytirish va COVID -19ning, ayniqsa ayollar, bolalar va zaif ijtimoiy guruhlarga nisbatan ijtimoiy ta'sirini kamaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, sa'y-harakatlar profilaktika vaksinalarini va samarali davolash usullarini ishlab chiqish borasidagi tadqiqotlarni jadallashtiradi», deyiladi yuqoridagi tashkilotlarning qo‘shma bayonotida.

COVID-19 ga qarshi birdamlik fondi JSSTning so‘roviga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Shveytsariyaning Swiss Philanthropy Foundation jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan va uch hafta oldin o‘z faoliyatini boshlagan. Bu jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun JSSTning global pandemiyaga qarshi kurashdagi harakatlariga bevosita hissa qo‘shishning yagona imkoniyatidir. Bugungi kunga kelib, jamg‘arma dunyo bo‘ylab 219 mingdan ortiq jismoniy shaxslar, shuningdek 90 dan ortiq xalqaro kompaniya va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 127 million dollarga teng mablag‘ yig‘di.

Ko‘proq yangiliklar: