Eronda epedimiya tufayli to‘xtatilgan ayrim biznes turlari 11 apreldan ish boshlaydi

Jahon 01:03 / 06.04.2020 13384

Eron hukumati 11 apreldan boshlab, faoliyati koronavirus tarqalishi tahdidini keltirib chiqarmaydigan biznes turlari ishini qayta boshlashga izn beradi. Bu haqda yakshanba kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bayonot berdi.

«Tahdid tug‘dirmaydigan iqtisodiy faoliyat haqida gapiradigan bo‘lsam, 11 apreldan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonnomalariga ko‘ra, mamlakat viloyatlarida ish boshlashga ruxsat berish haqida qaror qilindi, — deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda uning matbuot xizmati. — Biroq, poytaxt Tehronda faoliyat 18 apreldan boshlanadi».

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, viloyatlar o‘rtasida erkin harakatlanish 18 apreldan boshlanadi. «Viloyatning ichida shaxsiy transportda harakatlanish erkin bo‘lgan», dedi u.

Koronavirusning tarqalishi munosabati bilan Erondagi barcha maktablar 8 aprelgacha yopilgan, ko‘plab davlatlar respublika bilan aloqani to‘xtatib qo‘ygan. Hukumat qamoqxonalardan 100 mingga yaqin mahbusni chiqarib, mamlakat shaharlari o‘rtasida harakatni taqiqlagandi.

Eron 19 fevralda mamlakatdagi ilk virus yuqtirish holatlarini e'lon qilgan edi. Kasallanganlar Qum shahrida aniqlangadi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, shu vaqtga kelib koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 58 226 nafarni tashkil etmoqda. Vafot etganlar soni 3600 dan ortiq. Tuzalganlan soni 20 mingga yaqinlashmoqda.

So‘nggi kunlarda kasallik yuqtirayotganlar va vafot etganlar sonida pasayish kuzatilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: