«Shtabda MTT rahbari va tibbiyot hamshirasi xodimlar va bolalar salomatligi bo‘yicha telefon orqali ma'lumot olib turadi va tegishli tavsiyalarni berib boradi», – dedi MTV Axborot xizmati rahbari Dilafro‘z Ikromova.
6 aprel kungi brifingda berilgan ma'lumotga ko‘ra, 7 apreldan boshlab «Bolajon» telekanalida efirga uzatilayotgan barcha televizion mashg‘ulotlar efirida surdo tarjimon ham bo‘ladi
Hozirgacha MTT tarbiyalanuvchilari uchun faqat ingliz tili mashg‘ulotlari surdo tarjimon yordamida efirga uzatilayotgan edi.