Apple shifokorlar uchun himoya ekranlari ishlab chiqarishni boshladi

Jahon 15:59 / 06.04.2020 6486

Apple kompaniyasi turli mamlakatlarga 20 mln donadan ortiq tibbiyot niqoblari yetkazib berdi. Bu haqda kompaniya rahbari Tim Kuk ma'lum qildi.

Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya shuningdek, yuz uchun shaffof plastik himoya ekranlari ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan.

Namunaviy ekranlar Kremniy vodiysidagi kasalxonalardan biriga yetkazib berildi va ular haqida yaxshi fikrlar aytildi, dedi Kuk.

Kompaniya yaqin kunlarda himoya ekranlari ishlab chiqarishni haftasiga bir million donaga yetkazadi. 

Himoya ekranlari AQSh va Xitoyda ishlab chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: