Tramp OAVni koronavirus mavzusida vahima tarqatmaslikka chaqirdi

Jahon 02:21 / 05.04.2020 12500

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikani ommaviy axborot vositalarini koronavirus to‘g‘risida mish-mishlar va aholi o‘rtasida vahima tarqatmaslikka chaqirdi.

"Ayrim OAV yolg‘on xabarlar tarqatish va jamiyat orasida vahima va qo‘rquv uyg‘otishni bas qilishi juda muhim. Ularning nomlarini aytishim mumkin edi, ammo ular o‘shalar. Ular shunchaki reyting ortidan quvmoqda", - dedi u.

Shanba kuni AQSh prezidenti CNN telekanali to‘g‘risida tanqidiy tvit yozgandi. U shuningdek, New York Times va Washington Post nashrlarini ham tanqid qilgandi.

JSSTning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 1,05 milliondan oshgan, 57 ming kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: