Adliya vazirligidan ma'lum qilishlaricha, nazorat-reyd tadbirlari Toshkent shahar IIBB YXHB va Toshkent shahar Davlat xizmatlari markazlari hamkorligida tashkil etiladi.
Shu maqsadda YPX xodimlariga stikerlar nima uchun berilgani to‘g‘risidagi ma'lumotlar taqdim etiladi.
Vazirlik stikerlar bo‘yicha shubhali ma'lumotlar mavjud bo‘lsa, Telegram`dagi @antikorbot yoki quyidagi telefon raqamlari orqali ma'lumot berishingizni so‘ragan:
- (71) 203-60-02; (71) 254-22-13; (71) 215-71-51.
Eslatib o‘tamiz, avtomobillar uchun maxsus ruxsatnomalar berish 4 aprel soat 18:00dan - 6 aprel 18:00gacha vaqtincha vaqtincha to‘xtatilgan.