Putin yana bir hafta masofadan ishlashi ma'lum qilindi 

Jahon 17:08 / 05.04.2020 12245

Bu haqda “Rossiya 1” telekanalining “Moskva. Kreml. Putin” dasturida uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Avvalroq Vladimir Putin Moskvadagi Kommunarka posyolkasida joylashgan shifoxona bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlangandan keyin masofadan ishlay boshlagani ma'lum qilingandi. Putin 24 mart kuni koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan shifoxonaga tashrif buyurganda Protsenko bilan tibbiy niqobsiz muloqot qilgan va u bilan qo‘l siqishgan.

“Bir hafta o‘tdi va men kamida yana bir hafta yoki undan ko‘proq deb bemalol ayta olaman”, deb aytgan Peskov. 

“Bosh shifokor bilan bog‘liq hodisa barcha ehtiyotkorlik choralariga qaramay, virusga chalinmaslikning eng yaxshi va samarali vositasi – aynan jismoniy muloqotni qisqartirish ekanini ko‘rsatdi. Prezident ham aynan shuni qildi”, deb ta'kidlab o‘tgan Peskov. 

Ma'lum qilinishicha, Putin va u bilan birga ishlovchilar muntazam ravishda koronavirusga test topshirmoqda. “Shu sababli, barcha zarur narsa qilinmoqda. Biroq eng samaralisi – masofadan ishlashdir”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov.

Ta'kidlanishicha, Peskovning o‘zi ham dasturda savollarga masofadan turib javob bergan.

Ko‘proq yangiliklar: