O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 300dan oshdi

O‘zbekiston 22:56 / 05.04.2020 39833

«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 310 nafarni tashkil etmoqda. Oxirgi tasdiqlanganlarning barchasi statsionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan. Ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni esa 30 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda dastlabki bemor bundan 3 hafta oldin – 15 mart kuni aniqlangan edi. 4-5 aprel kunlari jami 83ta yangi holat qayd etildi.

Bugun, 5 aprel kuni yana besh kishi sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 30 kishiga yetdi. Bemorlarning ikki nafari vafot etgan.

Avvalroq 7 bemor og‘ir ahvolda ekani, ulardan biri o‘ta og‘ir ahvoldaligi ma'lum qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: