Samarqandda koronavirus aniqlangani haqida yolg‘on xabar tarqatgan odam 12 sutkaga qamaldi

Jamiyat 07:32 / 04.04.2020 24691

Xabarda aytilishicha, samarqandlik Shavkat Ibrohimov telegramdagi «To‘xtabozor» guruhiga ovozli xabar yo‘llab, go‘yoki Samarqand shahri O‘zbek trakt ko‘chasida yashovchi tanishi koronavirusga chalingani, uning o‘zi va oila a'zolari bir guruh odamlar tomonidan olib ketilgani, bu odam yashagan ko‘cha maxsus mashinalarda dezinfeksiya qilinganini xabar qiladi. Ovozli xabar davomida fuqaro virus yuqtirgan odam yana bir necha kishi bilan muloqotda bo‘lgani, koronavirus Samarqandda ham tarqalganini hikoya qiladi.

Bu xabar yuzasidan Samarqand viloyat IIB hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli ishlar olib borilib, xabar tarqatgan odam Shavkat Ibrohimov ekani aniqlandi. U «O‘zbekiston 24» telekanali efirida qilgan aybini tan olib, xabarni do‘stlaridan eshitgan ma'lumot asosida tarqatganini aytadi.

Samarqandda koronavirus tarqalgani xaqida xabar tarqatgan Shavkat Ibrohimovga nisbatan Samarqand viloyat IIB xodimlari tomonidan ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 va 195-moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan. Oqdaryo tuman ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan huquqbuzarga 12 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinladi.

Ko‘proq yangiliklar: