Qashqadaryoda fojia: bir oiladan uch kishi baxsiz hodisa tufayli vafot etdi

Jamiyat 23:30 / 04.04.2020 105195

Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, baxsiz voqea oqibatida 48 yoshli xonadon sohibi, 44 yoshli uning xotini va 20 yoshli qizi gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Voqea, kecha 3 aprel kuni sodir bo‘lgan. Shu kunning o‘zida xonadonning yana bir a'zosi 16 yoshli yigit Dehqonobod tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. 

Unga «Zaharli gazdan o‘tkir zaharlanish o‘ta og‘ir darajasi, o‘tkir toksimiya davri, o‘pka shishi, aspiratsion sindrom, o‘tkir nafas yetishmasligi, o‘tkir yurak va qon tomir yetishmasligi, toksik koma» tashxisi qo‘yildi. 

16 yoshli bemorga zudlik bilan standart bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hayoti saqlab qolingan.

Ko‘proq yangiliklar: